20:17 / 28.06.2015
2630

Suzish bo‘yicha Ukraina jamoasi a'zolaridan biri uxlab qolgani sababli jamoa Yevropa o‘yinlarida estafeta musobaqasida qatnasha olmadi

Yevropa o‘yinlarida 27 iyulda sportning suzish turi bo‘yicha ertalabki dasturdan o‘rin olgan kompleks tarzda 4x100 metrlik estafetaga suzish bahsida ukrainalik muxlislar o‘z jamoalari ishtirokini intiqlik bilan kutayotgan edilar. Chunki Ukraina jamoasi bu bahsda favoritlardan biri hisoblanayotgan edi, biroq natijada jamoa saralash bosqichida ham ishtirok eta olmadi.

Bunga jamoaning eng kuchli suzuvchisi, Bokuda bitta oltin va bitta bronza medal qo‘lga kiritgan Andrey Xloptsovning uxlab qolgani va musobaqaga o‘z vaqtida yetib kela olmagani sabab bo‘lgan. Uning o‘rniga zudlik bilan boshqa sportchini qo‘yishning iloji bo‘lmagan.

Top