21:30 / 28.06.2015
1896

Tunis hukumati mingga yaqin politsiyachini kurortlarda xavfsizlikni saqlash uchun yuboradi

Tunisda mingga yaqin politsiyachi sayyohlik kurortlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida mamlakatdagi mehmonxonalar va sohilbo‘yi hududlarini himoya qilishga shay qilinadilar.

Shuningdek, Sus va Xammamot va Jyerba kabi boshqa kurort shaharlarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi hamda nazorat-o‘tkazish punktlarini himoya qilish maqsadida mamlakat qurolli kuchlarining qo‘shimcha vakillari yetib keldilar.

Tunis tarixidagi eng yirik terakt 26 iyun kuni Sus yaqinidagi Al-Kantaviy kurortida sodir bo‘ldi: mahalliy talaba Imperial mehmonxonasi plyajida 40 nafar sayyohni otib tashladi, ulardan ko‘pchiligini Buyuk Britaniya fuqarolari tashkil qilgan. Yana 40 ga yaqin kishi jarohat olgan.

Terakt tufayli sayyohlik kompaniyalari Tunisdan minglab xorijiy sayyohlarni evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldilar.

Top