18:25 / 28.06.2015
3047

WikiLeaks 29 iyunda AQSh Fransiya prezidentlari ortidan kuzatuv olib borgani haqidagi yangi ma'lumotlarni chop etadi

WikiLeaks sayti AQSh maxsus xizmatlarining Fransiya rahbariyati ortidan olib borgan kuzatuvi haqidagi yangi ma'lumotlarni 29 iyun kuni chop etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Bu haqda “Vesti nedeli” dasturi efirida WikiLeaks asoschisi Julian Assanjdan intervyu olgan Aleksandr Xabarov aytdi.

“29 iyunda WikiLeaks`dan AQSh Fransiya ortidan kuzatgani haqidagi navbatdagi yangi ma'lumotlar chop etiladi”, deb ta'kidlab o‘tdi Xabarov.

Assanjning aytishicha, AQSh boshqa davlatlar ortidan razvedka va kuzatuv olib borish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi va olingan ma'lumotlardan siyosiy va iqtisodiy maqsadlarda foydalanadi. Assanj shuningdek WikiLeaks ustida ish olib borishni to‘xtatmasligini aytdi.

WikiLeaks`ning AQSh Milliy xavfsizlik agentligi Fransiya prezidentlari Jak Shirak, Nikolya Sarkozi va Fransua Olland ortidan josuslik qilgani haqidagi hujjatlari 23 iyunda ommaga e'tiboriga havola etilgandi.

Top