Jahon | 22:41 / 29.06.2015
6558
1 daqiqa o‘qiladi

“IShID” terrorchilik hujumlarini tashkil etish uchun shifrlangan messenjerlardan foydalanmoqda

IShID terrorchilik guruhi terrorchilik hujumlarini tashkil qilish va boshqarish uchun shifrlash algoritmlariga ega messenjerlardan foydalanmoqda, deb xabar bermoqda The Washington Times nashri.

Ekspertlarning so‘zlaricha, IShID a'zolari AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden oshkor qilgan maxfiy hujjatlardan AQSh Milliy xavfsizlik xizmati va Markaziy razvedka xizmatining poyloqchilik qilish usullaridan xabar topib, ularni inobatga olgan holda terrorchilik hujumlarini smartfonlarda o‘rnatilgan shifrlangan chatlar orqali boshqarishga qaror qilishgan.

Terrorchilar orasida Surespot va Kik dasturlari eng ko‘p mashhurlikka ega bo‘lmoqda, chunki bu dasturlar yaratuvchilari ushbu messenjerlarning dastlabki kodini AQSh maxsus xizmatlariga bermaganlar.