16:25 / 29.06.2015
4033

1962 yilgi «Oltin to‘p» sohibi vafot etdi

Sobiq Chexoslovakiya terma jamoasining mashhur futbolchisi Yozef Masopust bugun 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda iSport nashri xabar tarqatmoqda.

Masopust boshchiligidagi Chexoslovakiya terma jamoasi 1962 yilda jahon chempionati finaliga qadar yetib borgan va finalda Braziliya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi(1:3).

Masopust Pavel Nedvedga qadar chexiyalik (Chexiya Chexoslovakiya natijalarining merosxo‘ri sifatida tan olingan — Kun.) yagona «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan futbolchi sanaladi. U 1962 yilda bu mukofotni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek 2003 yilda Masopust Chexiya 1954—2003 yillar davridagi eng yaxshi futbolchisi unvonini ham qo‘lga kiritgan.

Top