Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya Gretsiya yevrohududdan muqarrar chiqib ketadi deb hisoblamoqda
Gretsiyaning yevrohududdan chiqib ketishi muqarrar ko‘rinadi, biroq Afina bu haqda o‘zi so‘rashi kerak. Bunday fikrni Avstriya Moliya vaziri Xans Yorg Shelling Avstriyada chop etiladigan Pressa nashriga bergan intervyusida bildirib o‘tdi.
“Gretsiyaning yevrohududdan chiqib ketishi muqarrar ko‘rinadi. Gretsiya yevrohududdan shunchaki chiqib keta olmaydi, chunki valyuta ittifoqidan chiqib ketish mumkin emas”, deb aytmoqda Shelling.
Shellingning fikricha, “Gretsiya Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishi uchun bu haqdagi talab bilan chiqishi, YeIning boshqa davlatlari esa bunga rozi bo‘lishlari kerak. Shundan keyingina Afina yevrohududni tark etishi mumkin”.
27 iyun kuni Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras 5 iyul kuni Gretsiyaning qarzdorligi bo‘yicha kreditorlarning fikri haqidagi masalani referendumga qo‘yilishini e'lon qilgandan keyin, Yevrohudud davlatlari Afina bilan muzokaralar olib borishni to‘xtatishlarini e'lon qilishdi.
Tsiprasning Gretsiya fuqarolariga kreditorlarning yordam berish sharti sifatida byudjyet tejamkorligining yangi shartlari haqidagi takliflariga qarshi ovoz berishni tavsiya qilgani yevrohududdagi qolgan davlatlarning e'tiroziga sabab bo‘ldi.
Kreditorlar Gretsiyaga Xalqaro valyuta jamg‘armasi kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishni ortga surishni rad etdilar va Gretsiya islohotlari dasturi bo‘yicha kelishib olinmaguncha bu davlatga moliyaviy ko‘mak berish xalqaro dasturini uchinchi bor uzaytirishga qarshi chiqdilar. Bu Gretsiyaning 30 iyungacha to‘lashi zarur bo‘lgan XVJning 1,6 mlrd dollarlik kreditlari bo‘yicha defoltiga olib kelishi mumkin. Buning oqibatida Gretsiya yerohududdan chiqib ketadi.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, Gretsiya hukumati navbatdan tashqari yig‘ilishda 5 iyulda XVJ kreditorlari takliflari bo‘yicha referendum o‘tkazishni tasdiqladi. Mamlakatning 300 nafar deputatidan 178 nafari referendum o‘tkazilishiga, 120 nafari esa unga qarshi ovoz berishdi.