Jamiyat | 12:53 / 29.06.2015
3548
2 daqiqa o‘qiladi

BAAda halol gazeta sotuvchisi topib olgan 9 ming dirhamni egasiga qaytardi

Gulf News gazetasi distribyutori BAA poytaxti Abu Dabidagi avtoturargohlardan birida 9 ming dirham topib olib, uni egasiga qaytardi. Bu haqda nashrning o‘zi xabar bermoqda.
Asli pokistonlik Navid Ahmad Kraun Plaza avtoturargohida jiyanini kutib turganida 9 ming dirham pul topib oldi. Distribyutorning tan olishicha, ilgari u hech qachon buncha pul ko‘rmagan.

Shunga qaramay, Ahmad ushbu pullarni Holidiya politsiya departamentiga topshirdi. Politsiya xodimlari muhojir bir muddatdan so‘ng xatti-harakatlari uchun pul mukofoti yoki medal bilan taqdirlanishini aytishdi.

“Uning onasi jarrohlik amaliyotida bo‘lgani bois Ahmadga pul zarur edi. Shunga qaramay, Ahmad bir lahza o‘ylamay eng to‘g‘ri qarorga keldi. Gulf News jamoasi u bilan faxrlanadi”, – dedi guruh menejyeri Salim Parkar.
Ikki yil muqaddam shu distribyutorning o‘zi uchta tilla zanjir topib olib, uni politsiyaga topshirgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish