Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahrayn hukumati masjidlar oldida xavfsizlik choralarini kuchaytiradi
Bahrayn Ichki ishlar vazirligi Kuvaytdagi shialar masjididagi teraktdan keyin masjidlar joylashgan hududlarda xavfsizlik choralarini kuchaytiradi, deb aytdi Bahraynda sunniy va shia jamoatchiligi rahbarlari bilan bo‘lgan uchrashuvda qirollik ichki ishlar vaziri shayx Rashid ibn Abdulloh Al Xalifa.
26 iyun kuni Kuvayt poytaxti Al-Kuvaytning markazidagi shialar masjidida juma namozi paytida saudiyalik terrorchi-xudkush amalga oshirgan terakt oqibatida 28 nafar kishi halok bo‘ldi. Hujum uchun javobgarlikni "IShID" terrorchilik tashiloti o‘z zimmasiga olgan.
Vazirning aytishicha, masjidlar joylashgan hududlarda eng zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatiladi.
Bundan tashqari, vazir diniy mazhablar vakillari bilan har bir namoz ibodatidan keyin masjidlar yopilib, masjid xodimlari masjidga kiruvchi barcha binolarda muntazam ravishda sinchkovlik bilan kuzatuv olib borishlariga kelishib oldi.
Vazir milliy birdamlikka qarshi ma'ruzalar o‘qiydigan imomlar qonun bo‘yicha taqib qilinishini ta'kidlab o‘tdi.