14:31 / 29.06.2015
2050

Chirchiqda birovning plastik kartasidagi 12 mln so‘mni ishlatib yuborgan qallob qo‘lga olindi

Chirchiqda Umid Asadullayev ismli shaxs tanishi Akmal Bulakovning ishonchiga kirib, uning hisobida 12 mln 315 ming so‘m mablag‘i bo‘lgan plastik kartasini qo‘lga kiritdi. SVOJJDLQK departamenti Chirchiq shahar bo‘limi surishtiruvchisi Yerbol Isabayevning ma'lumot berishicha, bu pullarni Umid bir qancha korxonalar hisobiga o‘tkazib olib, so‘ng o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatib yubordi.
Bir muddat vaqt o‘tgach, Bulakov do‘stidan pulni qaytarishni talab qildi. Natija bo‘lmagach, u departamentga murojaat qildi. Asadullayevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jabrlanuvchining pullari qaytarib olib berildi.

Top