Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook Putin haqidagi gaplari uchun yozuvchi Eduard Bagirovning sahifasini blokladi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i yozuvchi Eduard Bagirovning sahifasini yopib qo‘ydi. Bunga uning Putin haqidagi aytgan gaplari sabab bo‘lgan, deb yozadi «Govorit Moskva» radiosining internet nashri.
«Aslida postda hech qanday kriminal yoki pornografik unsurlar yo‘q edi. Menimcha, bu siyosatniyam o‘z ichiga olmasdi. Men shunchaki Putinning reytingi mutlaq rekord ko‘rsatkichga yetganini yozgandim. Mana shu gapim uchun meni bir haftaga bloklab qo‘yishdi», deydi Bagirov.
Eslatib o‘tamiz, Levada-markaz ijtimoiy tadqiqotlar instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, Vladimir Putinning prezidentligini hozirgi vaqtda Rossiyada yashovchi aholining 89 foizi qo‘llab-quvvatlashi ma'lum qilingandi.