Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gavayiga uchib ketayotgan Solar Impulse samolyoti orqaga qaytib bo‘lmas nuqtadan o‘tdi
28 iyunda Yaponiyaning Nagoyya shahridan Gavayi orollari tomon uchib ketgan quyosh batareyalarida uchuvchi Solar Impulse 2 samolyoti Tinch okeani ustidan orqaga qaytib bo‘lmas nuqtadan o‘tdi.
Samolyot uchuvchisi shveysariyalik Andre Borshberg o‘zining dunyo bo‘ylab sayohati davomida Gavayi orollarigacha 120 soat davom etadigan parvozni amalga oshirib, o‘ziga xos rekord natija qayd qilishga urinib ko‘radi. Uchuvchi parvoz boshlangandan 16 soat o‘tib orqaga qaytib bo‘lmas nuqtadan o‘tganini ma'lum qildi. Bu nuqta o‘tilgandan keyin agar zarurat tug‘ilsa Yaponiyaga qaytib borishning iloji bo‘lmaydi.
“Bu aviatsiya tarixida hali zabt etilmagan haqiqiy jasorat bo‘ldi”, deb aytilmoqda ushbu sayohatning rasmiy saytida. Bu parvozni amalga oshirish uchun uchuvchi 25 litr ichimlik suvi va 18 porsiya yegulik bilan ta'minlandi.