Jamiyat | 16:50 / 29.06.2015
2775
1 daqiqa o‘qiladi

G‘ijduvonda yer tenderi uchun 1 mln so‘m pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 6 yilga qamalib ketdi

G‘ijduvonlik Hotam Abdullayev “Mehnatobod” cho‘l hududidan yer olishni niyat qilib, tuman yer resusrlari davlat kadastr bo‘limi boshlig‘i Jamil O‘rinovga murojaat qildi. Viloyat prokuraturasi bo‘lim AMIB tergovchisi Dilshod Safarov bergan ma'lumotga qaraganda, O‘rinov yer olib berish uchun 1 mln so‘m pora so‘radi. Oradan ikki kun o‘tib, Abdullayev bu pullarni manzilga yetkazdi.
Lekin u bir yil kutsa ham, va'da qilingan yer hududi ajratib berilmadi. Sabr kosasi to‘lgan Abdullayev O‘rinov ustidan tegishli idoralarga murojaat qildi.
Buning natijasida Jamil O‘rinov qo‘lga olinib, sudga topshirildi. Sud uni 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish