Jahon | 09:13 / 29.06.2015
3530
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada chegarasida Nyu-Yorkdagi qamoqxonadan qochgan mahbuslardan biri qo‘lga olindi

AQShning Kanada bilan chegarasi hududida 3 hafta oldin Nyu-Yorkning Klinton okrugidagi qamoqxonadan qochgan mahbuslardan biri, Devid S politsiya tomonidan jarohatlandi va qo‘lga olindi.

NBC telekanali ma'lumotiga ko‘ra, u ayni vaqtda turmaga qaytarilgan.

Bir kun oldin, u bilan birgalikda qamoqxonada qochib ketgan Richard Met otib o‘ldirilgandi.

Qayd etish joizki, Nyu-York shtatining Klinton okrugidagi bu qamoqxona kuchli nazorat ostida qo‘riqlanadi va qamoqxona qurilganidan buyon hali bironta mahbus bu yerdan qochib keta olmagandi.

Mahbuslardan biri sherifni o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan, ikkinchisi esa qotillik va o‘g‘rilik uchun 25 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish