Sport | 22:01 / 29.06.2015
2795
1 daqiqa o‘qiladi

Kardiff 2016/17 yillardagi mavsumda Chempionlar Ligasi finalini qabul qiladigan bo‘ldi

Rossiya Sport vaziri Vitaliy Mutko 2016/17 yillar mavsumidagi Chempionlar Ligasi finali Uels poytaxti – Kardiffning “Millenium” o‘yingohida o‘tkazilishini ma'lum qildi. Bu haqda “R-Sport” xabar bermoqda.

Shuningdek, shu mavsumdagi UYeFA Superkubogi uchrashuvi Makedoniya poytaxti – Skopeda o‘tkazilishi belgilandi.

Ushbu qaror UYeFAning 29 iyundagi yig‘ilishida qabul qilindi.

Ma'lumot uchun, 2015/16 yillardagi mavsumda Chempionlar Ligasi final uchrashuvi 2016 yil 28 may kuni Milandagi “San-Siro” o‘yingohida o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish