Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada IShID tarkibiga qo‘shilish uchun ketayotgan qirg‘izistonlik qiz qo‘lga olindi
Moskvaning Domodedovo aeroportida 25 yoshli qirg‘izistonlik qiz qo‘lga olindi. Interfaks agentligining Qirg‘iziston IIVga tayangan holda ma'lum qilishicha, u Rossiyadan Turkiyaga yo‘l olib, u yer orqali Suriyaga o‘tishni va IShID tarkibiga qo‘shilishni rejalashtirgan.
Ta'kidlanishicha, uni qo‘lga olishda ikki davlat huquq-tartibotchilari birgalikda harakat qilgan. Qiz hech qayerda ishlamasligi va turmush qurmaganligi aniqlangan.
Ko‘rsatmalar berish chog‘ida u to‘rt yil muqaddam u dinga mukkasidan ketganini va bir muddat oldin Suriyadan taklif olganini aytgan. Moskvadan uni Hasan ismli erkak olib ketishi kerak edi.