Jamiyat | 18:14 / 29.06.2015
4671
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada Turkiya fuqarosi o‘zbekistonliklar tomonidan qattiq kaltaklandi

Moskva politsiyasi 5 nafar o‘zbekistonlikni Rossiya poytaxti markazida Turkiya fuqarosini kaltaklagani uchun hibsga oldi.

"20 yoshdan 38 yoshgacha bo‘lgan 4 nafar erkak hamda 31 yoshli ayol qo‘lga olingan. Ayolning sumkasidan jabrlanuvchidan tortib olingan telefon va pullar topildi. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan", deyiladi "Moskva" agentligi xabarida.

Ma'lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi 44 yoshli Ozjan Bolat bo‘lib, uni Shelepixinskiy qirg‘og‘i ko‘chasida kaltaklashgan.

Hodisa bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish