Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkdagi qamoqxonadan qochib ketgan jinoyatchi boshiga 3 o‘q otilishi orqali o‘ldirilgan
3 hafta oldin Nyu-York shtatidagi Klinton okrugidagi qamoqxonada qochib ketgan mahbuslardan biri Richard Met politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan.
Assosheted Press nashri xabariga ko‘ra, uning boshiga uch marta o‘q otilgan.
Sud-tibbiyot tahlili natijalarida aniqlanishicha, u 3 hafta davomida qochqinlikda yashaganiga qaramasdan o‘ldirilishidan oldin yaxshi jismoniy holatda bo‘lgan. U bunga o‘z qiyofasini muvaffaqiyatli tarzda o‘zgartira olgani evaziga erishgan.
Qochqinlarning ikkinchisi ham Kanada chegarasida qo‘lga tushgan.
Qayd etish joizki, Klinton qamoqxonasidan 3 hafta oldin mahbuslarning qochib ketishi 150 yillik tarixda ilk marta yuz bergandi.
Bu qochqinlar haqida ma`lumot uchun 100 ming dollar mukofot e`lon qilingandi.