"Yuventus" klubi yarim himoyachisi Andrea Pirlo "Nyu-York Siti"ga o‘tishi oydinlashmoqda.
28 iyun kuni Pirlo Frenk Lempard bilan birgalikda jamoaning "Nyu-York Red Bulls"ga qarshi (1:3) o‘yiniga tashrif buyurdi.
O‘yindan oldin 36 yoshli yarim himoyachi maydonga chiqdi va futbolchilar bilan ko‘rishdi.
Pirlo keingi haftada "Nyu-York Siti" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Lempard esa jamoa safida 12 iyulda, "Toronto"ga qarshi o‘yinda debyut qilishi kutilmoqda.