17:53 / 29.06.2015
4939

Putin va Berluskoni ta'til kunlarini Oltoyda o‘tkazishdi

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning tasdiqlashicha, 27-28 iyun kunlarida Vladimir Putin o‘zining Oltoyda o‘tgan dam olish kunlarini Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni bilan birgalikda o‘tkazgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

"Ushbu uchrashuv tafsilotlarini sizlarga oshkor eta olmayman. Lekin ular Oltoyga borishgani to‘g‘ri. Berluskoni ham Oltoyga dam olish uchun borgandi", deydi Peskov.

Peskovning qo‘shimcha qilishicha, Putin hali yozgi ta'tilga chiqishni rejalashtirmayapti.

Bir kun oldin, Putin Oltoyga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.

Top