O‘zbekiston | 15:49 / 29.06.2015
2966
1 daqiqa o‘qiladi

Qohirada Misr bosh prokurori hayotiga suiqasd qilindi

Qohirada noma'lum shaxslar tomonidan Misr bosh prokurori Hishom Barokatning mashinasi yaqinida bomba portlatildi. Bu haqda "Al-Axram" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Barokat bu suiqasd tufayli jarohatlangan va shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa tafsilotlari hozircha oshkor qilinmayapti. Bu suiqasd kim tomonidan amalga oshirilgani haqida ham ma'lumotlar yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish