16:49 / 29.06.2015
2152

Qozog‘iston terrorizmga qarshi keng qamrovli kurash bo‘yicha konvensiyani qo‘llab-quvvatlaydi

Qozog‘iston terrorizmga qarshi kurash xalqaro konvensiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Karim Masimov Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlariing zo‘ravonlik va ekstremizmga qarshi kurashga bag‘ishlangan mintaqaviy yig‘ilishida ma'lum qildi, deb yozadi TASS.

Bosh vazir bu borada keng ko‘lamli ishlar olib borilishi lozimligi va bu borada Qozog‘iston zarur choralarni ko‘rishga va hamkorlik uchun doim tayyor ekanini bildirdi.

Masimov esktremistik kuchlar uchun internet qo‘l kelayotganiga alohida e'tibor qaratdi. Uning fikricha, jangarilarni yollash, axborot almashish, jinoiy ishlarni rejalashtirish va muvofiqlashtirish, zo‘ravonlik g‘oyalarini targ‘ib qilishda ijtimoiy tarmoqlar qo‘l kelmoqda.

«Birgina shu kabi ruhda yozilgan postni bir kunda 2 milliondan ortiq odam o‘qimoqda», deydi u.

«Qozog‘iston bu kabi ekstremistik saytlar va maqolalarni taqiqlab qo‘ygan. Biroq bu borada harakatlarimiz birgalikda izchil davom etishi kerak», deya ta'kidladi Masimov.

Top