Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quyosh batareyalarida parvoz qiluvchi Solar Impulse 2 samolyoti Yaponiyadan Gavayiga uchib ketdi
Quyosh batareyalarida dunyo bo‘ylab parvoz qilayotgan Solar Impulse 2 samolyoti Yaponiyaning Nagoya shahridan Gavayi orollari tomon uchib ketdi, deb xabar bermoqda Kyodo agentligi.
Tinch okeanida joylashgan orollargacha parvoz davomiyligi 120 soatni tashkil qiladi, bu ushbu ekspeditsiya davomida amalga oshirilgan eng uzoq davom etgan parvoz bo‘ladi.
Samolyotni shveysariyalik uchuvchi Andre Borshberg boshqarmoqda.
Avvalroq Tinch okeani ustidan parvoz amalga oshirayotgan Solar Impulse samolyoti Yaponiyaga qo‘nishga majbur bo‘lgani ma'lum qilingandi.