Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:22 / 29.06.2015
2191
1 daqiqa o‘qiladi
Tunis politsiyasi Susdagi teraktda gumon qilinayotgan bir necha kishini qo‘lga oldi
Tunis politsiyasi 39 kishining umriga zomin bo‘lgan Sus kurortidagi teraktni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgan bir necha kishini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Hukumat qo‘lga olinganlar haqida batafsil ma'lumot bermayapti. Qayd etilishicha, tergov davom etmoqda.
Avvalroq Tunis Ichki ishlar vazirligi terakt tashkilotchisi sheriklarga ega bo‘lganini ma'lum qilgandi.