22:30 / 29.06.2015
2269

Xiddink Gollandiya terma jamoasini tark etmoqda

Futbol bo‘yicha Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi o‘zining lavozimini tark etmoqda.

29 iyun yoki 30 iyun kuni 68 yoshli futbolchining iste'fosi rasman tasdiqlanadi.

Xiddink jamoaga 2014 yilgi jahon chempionatidan keyin Lui van Galning o‘rniga kelgan edi. Xiddinkning iste'foga ketishiga terma jamoaning Yevro-2016 saralash bosqichini muvaffaqiyatsiz boshlagani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Uning o‘rniga Danni Blind kelishi kutilmoqda.

Top