Jamiyat | 11:36 / 29.06.2015
4473
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy va Rossiya sut ishlab chiqaruvchi gigant ferma yaratadi

XXRning Mudantszyan shahrida Xitoy-Rossiya qo‘shma fermasining qurilishi boshlandi. Loyihaning qiymati 1 mlrd yuanni tashkil qiladi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Xeyluntszyan viloyati amaliy iqtisodiyot uyushmasi raisi Chjan Chuntszyaoning so‘zlariga qaraganda, ushbu ferma beradigan sut mahsulotlari Rossiya bozorlariga chiqariladi.
Loyiha doirasida sut beruvchi 100 ming sigir boqishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Ular uchun yemish esa ikki davlat hududida joylashgan 100 ming gektar yerda yetishtiriladi.
Ta'kidlanishicha, ushbu chora-tadbirlar Rossiya tomonidan YeI davlatlariga nisbatan joriy qilingan oziq-ovqat embargosi doirasida o‘zini o‘zi ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish