Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘zbekistonlik shifokor Rossiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan qidiruvga berilgan 53 yoshli sobiq shifokor Mahbuba G‘oziyeva Rossiya vakolatli organlari tomonidan qo‘lga olingandi. Endi u O‘zbekistonga jo‘natib yuborildi. Bu haqda mamlakat prokuratura yangiliklari sayti xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, O‘zbekistonning vakolatli organlari mazkur jinoyatchini tutib berish maqsadida Rossiya tomoniga murojaat qilgan. Endilikda Mahbuba G‘oziyeva O‘zbekistonga esktraditsiya qilindi.
G‘oziyeva Toshkent viloyatidagi tug‘ruqxonalaridan birida faoliyat yuritgan bo‘lib, o‘zining kasbiy majburiyatlarini to‘g‘ri bajarmasligi va beparvoligi natijasida ikki nafar bemor o‘z vaqtida jarrohlik amaliyotini o‘tamagan va buning natijasida ikki nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘limiga sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari G‘oziyeva bir qator chaqaloqlar kasalliklari tarixini yolg‘on ma'lumotlar bilan to‘ldirgan va vafot etgan chaqaloqlarning o‘lim sabablarini yashirib kelgan.
Mazkur jinoyatchi 2014 yilning dekabrida Rossiya IIV Moskva viloyatining shimoliy-sharqiy ma'muriy okrugi tomonidan hibsga olingandi. Bu davr mobaynida uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi va o‘rganib chiqildi. Bugungi kunga kelib Rossiya prokuraturasi uni O‘zbekistonga jo‘natib yuborishga ruxsat berdi.