Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:47 / 30.06.2015
1958
1 daqiqa o‘qiladi
11 oktabr kuni Belarusda prezident saylovlari o‘tkaziladi
Belarus parlamenti 2015 yilning 11 oktabrida mamlakat prezidentligi uchun saylovlar o‘tkazilishini ma'lum qilgan. Bu haqda "BelTA" xabar bergan.
Belarus konstitutsiyasiga ko‘ra, mamlakat prezidenti 5 yilga saylanadi va qasamyod qilgach, vazifasiga kirishishi mumkin bo‘ladi.
Xabarlarga ko‘ra, amaldagi prezident 60 yoshli Aleksandr Lukashenko beshinchi marta ham saylovda o‘z nomzodini qo‘yadi. U qayta saylanishi kutilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish