Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 yildan so‘ng Ukrainada NATOga kirish haqida referendum o‘tkaziladi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko NATOga kirish to‘g‘risidagi referendumni tayyorlash va o‘tkazishga kamida 6-7 yil ketishini ma'lum qildi.
“Biz iqtisodiy, ijtimoiy va ma'muriy islohotlar ustida ishlamoqdamiz. Bu ish ancha davom etadi va 6-7 yil vaqt oladi. Tayyor bo‘lganimizdan so‘ng referendum o‘tkazamiz, shunda ukrainaliklar Shimoliy Atlantika alyansiga kirishni istash-istamasliklarini aniqlaymiz”, – dedi u Italiyaning Corrierre della Sera gazetasiga bergan intervyusida.
Yaqinda sobiq AQSh prezidenti Jimmi Karterning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Zbignev Bzejinskiy Rossiyani Ukraina NATOga kirmasligiga ishontirish kerakligini ta'kidlab o‘tgan edi.