Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShIDning Iroq va Suriyadagi pozitsiyalariga aviazarbalar berdi
AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShIDning Iroq va Suriyadagi pozitsiyalariga 18 ta aviazarba berdi.
7 ta aviazarba Suriyaning Al Xasaka viloyatidagi jangarilar pozitsiyalariga berildi, natijada jangarilarning tirik kuchi va harbiy texnikasiga shikast yetkazildi. Xususan jangarilarga tegishli tank yo‘q qilindi. Shuningdek, Ar-Rakka va Dayr az-Zaur shaharlari yaqinidagi jangarilar pozitsiyalari ham nishonga olindi.
Iroqda aviatsiya Bog‘dod, Falluja, Xodiy, Mosul va Al-Volid shaharlari atrofidagi terrorchilar pozitsiyalariga aviazarbalar berishi natijasida terrorchilarning yer osti tunnellar tizimi, jangovor texnikasi va inshootlariga shikast yetkazildi.