Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chex “Chelsi” muxlislariga maktub yo‘lladi
Chexiya terma jamoasi darvozaboni Petr Chex “Arsenal”ga o‘tishi munosabati bilan “Chelsi” muxlislariga maktub yo‘lladi.
“Bu hech qachon bo‘lmaydi deb o‘ylardim, biroq men uchun 2004 yilda uning safiga o‘tganimdan beri har daqiqa u bilan birga yashaganim, unda butsa va qo‘lqoplarimni mixga osib qo‘yaman deb o‘ylagan klub – “Chelsi” bilan xayrlashish vaqti keldi. Hayotda hamma narsa sen o‘ylagandek bo‘lavermas ekan.
Men uchun bu ko‘plab sondagi yuqorilash va pastlashlarga ega bo‘lgan sayohat bo‘ldi. Biz Angliyadagi barcha unvonlarni, Yevropa ligasini va oxir-oqibat eng asosiy unvon – Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdik. Agar men klub bilan tarixni yaratmaganimda, bunchalik mag‘rurlanmagan bo‘lardim.
O‘tgan yozda barchasi birdan o‘zgardi va men jamoada endi 1-raqamli darvozabon emasligimni tushundim, biroq hali erta deb o‘ylagandim. Mavsum davomida men bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmasligini angladim. Men hozir faoliyatimning shunday bosqichida turibmanki, o‘rindiqda o‘tirishni istamayman va shuning uchun ketishga va yangi chaqiriqni qabul qilishga qaror qildim.
Men jamoa tarkibida maydonga tushmagan har bir o‘yinni qo‘msardim. APL – bu dunyodagi eng yaxshi va eng murakkab liga, shuning uchun men janob Abramovichdan bu yerda qolishimni iltimos qildim va u menga bunday imkoniyat bergani uchun undan minnatdorman.
“Chelsi”da meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga – xodimlar, murabbiylar shtabi, klubga alohida minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman.
Biroq eng katta minnatdorchilikni “Chelsi” muxlislariga bildirmoqchiman. Men har doim siz uchun barcha qo‘limdan kelgan narsani qilganman va buning evaziga sizning muhabbatingizni olganman. Men buni hech hachon unutmayman. Biz yana uchrashganda va men boshqa jamoa darvozalarini qo‘riqlaganimda, umid qilamanki, siz bizning tariximizni eslaysiz va men uchun yangi sarguzasht boshlanayotganini tushunasiz.
“Chelsi”ga yangi mavsumda va kelajakda barcha ezgu niyatlarimni bildirib qolaman. Ajoyib 11 yil uchun rahmat!” deb o‘z dil izhorini bildirdi Chex.