Sport | 23:05 / 30.06.2015
1365
1 daqiqa o‘qiladi

Duglas Kostaning transferi “Bavariya”ga 30 mln yevroga aylanadi

Donetskning “Shaxtyor” klubi yarimhimoyachisi Duglas Kosta Myunxenning “Bavariya” klubiga o‘tishga yaqin turibdi.

Bild nashrining xabar berishicha, Braziliya terma jamoasi a'zosi Duglas Kosta terma jamoa Amerika kubogidan chiqib ketganidan keyin Germaniyaga jo‘nab ketdi hamda bu yerda “Bavariya” klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

Futbolchi “Bavariya” bilan 5 yillik shartnoma tuzishi, “Shaxtyor” esa futbolchining transferi uchun 30 mln yevro olishi kutilmoqda.

Duglas Kostaning “Bavariya”ga o‘tishi Aren Robben va Frank Riberining tez-tez jarohat olib turishi sababli amalga oshirilmoqda. Kosta aynan shu futbolchilarning o‘rnini egallashi kerak bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish