O‘zbekiston | 14:18 / 30.06.2015
5285
1 daqiqa o‘qiladi

Fanlar Akademiyasi prezidenti: O‘zbekiston olimlari paxtachilikda haqiqiy burilish yasadi

Mustaqillik yillarida o‘zbekistonlik olimlar paxta yetishtirish sohasida chinakam burilish yasadi. Bu haqda akademiya prezidenti Shavkat Solihov ma'lumot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, markaz tomonidan qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan gen-nokaut texnologiyasi “porloq” turkumidan noyob gen modifikatsiyasidan o‘tgan paxta navlarini yaratishga ko‘mak berdi.

“Bu navdagi paxta yuqori hosildorlikka ega bo‘lish bilan birga, tezpishar ham hisoblanadi. Undan olinadigan tola esa faqat Misr navlaridangina ortda qolishi mumkin. Bugungi kunda “porloq” O‘zbekistonda gen muhandisligi yo‘li bilan yaratilgan yagona qishloq xo‘jaligi mahsuloti hisoblanadi. 4-5-toifadagi tola beruvchi navlardan 1-2-toifadagi tola beruvchi navning yaratilishi katta yangilikdir”, – dedi Shavkat Solihov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish