Jahon | 13:33 / 30.06.2015
1938
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston bosh vaziri Tojikistonga tashrif buyuradi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 12-13 iyul kunlari Tojikistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Tojikiston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, tashrif doirasida Modi Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, bosh vazir Qohir Rasulzoda, yuqori palata spikeri Mahmadsaid Ubaydulloyevlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Ushbu uchrashuvlarda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish