Jahon | 17:08 / 30.06.2015
3792
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada mehmonxonaga qulagan samolyot bortida 113 kishi bor edi

Indoneziyada mehmonxona va uy-joylar ustiga qulagan samolyot bortida 113 kishi bor edi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziyada harbiy transport samolyoti Medan shahridagi mehmonxona ustiga qulashi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgani haqida ma'lumot berildi. Samolyot Medandagi harbiy havo bazasidan Natuna oroliga uchib ketayotgan edi, ammo bir necha daqiqalik parvozdan so‘ng halokat sodir bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish