Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi aviahalokat qurbonlari soni 50 kishiga yetishi mumkin
Indoneziyada Hercules S-130 harbiy samolyotining mehmonxona va uy-joylar ustiga qulashi natijasida qurbon bo‘lganlar soni 50 kishiga yetishi mumkin. Bu haqda Xitoyning Sinxua agentligi xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziyada harbiy transport samolyoti Medan shahridagi mehmonxona ustiga qulashi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgani haqida ma'lumot berildi. Samolyot Medandagi harbiy havo bazasidan Natuna oroliga uchib ketayotgan edi, ammo bir necha daqiqalik parvozdan so‘ng halokat sodir bo‘ldi.
Indoneziya qutqaruv xizmati vakili Xisar Turnipning aytishicha, parvoz ro‘yxatida 55 yo‘lovchining ismi keltirilgan. Ularning aksariyati halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ayni paytda vayronlar ostidan 30 tana chiqarib olingan bo‘lib, ulardan 5tasi uchuvchilarga tegishli.
Ilgariroq France-Presse agentligi fojia 38 kishining hayotini olib ketganini ma'lum qilgan edi.