Jahon | 07:04 / 30.06.2015
5666
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada Rossiyaga qarshi yangi iqtisodiy sanksiyalar kiritdi

Kanada yana 3 nafar Rossiya fuqarosi va 14 yuridik shaxsga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar kiritdi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Stiven Xarper saytidagi xabarda ma'lum qilinmoqda.

Shuningdek, Kanadada Rossiya tomonidan bosib olingan hudud deb hisoblanuvchi Qrimga nisbatan ham import-eksport cheklovlari qo‘llanadi.

Xarperning aytishicha, Kanada yangi sanksiyalarning kiritilishi borasidagi qarorni o‘zining ittifoqchilari bilan kelishgan holda qabul qilgan.

Kanada Tashqi ishlar vazirligi saytidagi ma'lumotlarga ko‘ra, sanksiyalar Yevroosiyo yoshlar ittifoqi rahbarlari Aleksandr Dugin, Pavel Kanishev va Andrey Kovalenko hamda neft-gaz sohasida faoliyat yurituvchi korporatsiyalar ((“Gazprom”, “Gazprom neft”, “Surgutneftegaz” va “Transneft”), bir qator, jumladan “Oboronprom”, Birlashgan aviasozlik korporatsiyasi va «Stankoinstrument» kabi kompaniyalar hamda “Tungi bo‘rilar” baykerlar klubiga nisbatan kiritilgan.

O‘tgan yilning mart oyida Kanada AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlari ketidan Rossiya va Qrim amaldorlariga nisbatan sanksiyalar kiritgan edi. Bundan keyin rasmiy Ottava “qora ro‘yxatlar”ga yangi ismlar va korxonalarni qo‘shgan holda, bu cheklov choralarini bir necha marta kengaytirib borgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish