Sport | 06:32 / 30.06.2015
14783
3 daqiqa o‘qiladi

Kremlda Vladimir Putin va Alisher Usmonov uchrashadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30 iyunda tadbirkor Alisher Usmonov bilan uchrashadi. Uchrashuv paytida Usmonovning sport sohasidagi faoliyati xususida suhbat qurilishi mumkin. Bu haqda jurnalistlar bilan matbuot-anjumani davomida Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

Oxirgi haftalarda Usmonov futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapelloga maoshini uzoq vaqtdan beri bera olmayotgan Rossiya futbol ittifoqi nomi bilan bog‘liq holda ko‘p marotaba tilga olinmoqda. 22 iyun kuni Usmonov RFIga yana 300 mln rubl ajratishini aytgan edi. Bu mablag‘lar murabbiy maoshi bo‘yicha qarzni to‘lashga ishlatildi.

Italiyalik mutaxassisning shartnomasi bo‘yicha, shartnoma ish beruvchi, ya'ni RFI tomonidan bir tomonlama tarzda bekor qilinsa, Kapello 21,6 mln yevro, ya'ni shartnomada ko‘rsatilgan butun qiymat (32,6 mln yevro)dan 2014 yil 24 yanvarda unga to‘langan maoshni olib tashlagandan qolgan mablag‘ni oladi. Bunda RFIning umumiy qarzi 2015 yilning may oyiga qadar 1,4 mlrd rubldan 2 mlrd rublgachani tashkil qilgan.

24 iyunda RFI Usmonovga u bergan 300 mln rublni kechib yuborishni so‘rab iltimos bilan murojaat qilgan edi. “Alisher Burxonovich shunday mehribon odamki, hatto qarzni kechirib yuborishi ham mumkin. Biroq bizning murojaat hozircha javobsiz qolmoqda”, deb aytdi RFI prezidenti lavozimini vaqtinchalik bajaruvchi Nikita Simonyan matbuot-anjumani paytida.

2015 yilning fevralida ham Usmonov RFIga 400 mln rubl kredit bergan edi.

Ma'lumot uchun, Forbes nashriga ko‘ra, Alisher Usmonov USM Holdings asoschisi va asosiy aksioneri hisoblanadi. Bu xolding Usmonovning tog‘-kon sanoati va metallurgiya (“Metalloinvest”), telekommunikatsiya (“MegaFon”), internet (Mail.Ru Group va DST Global), televideniye (“YuTV Xolding”) sohalaridagi aktivlarini birlashtiradi. Nashr Usmonovning boyligini 14,4 mlrd dollarga baholamoqda. 2014 yilda Rossiyada eng badavlat odam sifatida e'tirof etilgandi, biroq 2015 yilda Vladimir Potanin va Mixail Fridmandan keyin bu borada 3-o‘rinni egallamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish