Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt hukumati ekstremistik guruhlarga zarba berishga va'da bermoqda
30 iyunda Kuvayt amirligi Ichki ishlar vaziri Muhammad Xolid as-Saboh mamlakat parlamentidagi nutqi davomida Kuvayt hukumati mamlakatdagi mavjud ekstremistik guruhlarga zarba berishga va'da berganini aytib o‘tdi.
“Biz ekstremistlar bilan urush holatida turibmiz... Mamlakatda boshqa ekstremistik guruhlar bor va ular bizga qarshi o‘z rejalarini amalga oshirguncha kutib turish niyatidamasmiz”, deb aytdi vazir.
Ma'lumot uchun, 26 iyunda Kuvayt poytaxti Al-Kuvaytda shialar masjidida sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi. Terakt oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan. Masjiddagi portlashni terakt sodir etilgan kun Kuvaytga Saudiya Arabistonidan kelgan 23 yoshli terrorchi-xudkush amalga oshirgan.