10:11 / 30.06.2015
2281

Meksikaning eng yirik mediaxoldingi Donald Trampni boykot qildi

Meksikaning eng yirik mediaxoldingi Grupo Televisa AQSh prezidentligiga nomzod, milliarder Donald Tramp bilan bog‘liq har qanday loyihalarni boykot qilishini aytdi. Bunga Trampning meksikalik muhojirlar haqidagi fikrlari sabab bo‘ldi.

RIA Novosti agentligining eslatib o‘tishicha, milliarder Meksika AQShga “uncha yaxshi odamlarni jo‘natmasligi”ni aytib, ularni jinoyatchilik va giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanishda ayblagan.

“Tramp janoblari meksikalik muhojirlarga nisbatan na samimiyat, na hurmat namoyish qildilar, bu bilan butun Meksika aholisini haqorat qildilar”, – deyilada bu masala yuzasidan e'lon qilingan bayonotda.

Televisa Meksikaning eng yirik xoldingi bo‘lib, Lotin Amerikasida ispan tilida mediamahsulotlar tayyorlash bo‘yicha yetakchidir.

Top