17:29 / 30.06.2015
2073

Microsoft Corp. namoyish etiluvchi internet-reklama bozoridan ketdi

Microsoft Corp. namoyish etiluvchi internet-reklama bozoridan ketdi va bu turkumdagi barcha jihatlarini AOL Inc. ga sotib yubordi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, AOL kompaniyasi Microsoft grafik, mobil va videoreklama doirasidagi barcha majburiyatlari va aktivlarini qo‘lga kiritgan. Bunday majburiyat va aktivlar AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Braziliya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Fransiya va Yaponiya mamlakatlari hududi bo‘ylab amal qiladi.

Shuningdek, AOL kelgusi (2016 yil 1 yanvardan boshlanadi) 10 yil davomida Microsoftning Google bilan birgalikda ishlovchi internet-qidiruv tizimi Bing`dan foydalanadi.

Top