Light | 10:33 / 30.06.2015
12475
1 daqiqa o‘qiladi
Misrdagi 4.5 kilometrli iftor dasturxoni Ginness rekordlari kitobida qayd qilindi
O‘tgan haftaning juma kuni Misrning Iskandariya shahrida yozilgan ommaviy iftor dasturxoni Ginness rekordlari kitobida qayd qilindi. 4.5 km.ga cho‘zilgan ushbu dasturxon 10 ming musulmonga iftorlik ne'matlarini ulashdi.
G‘oya mualliflari muhandislik sohasida ta'lim olayotgan talabalarga tegishli bo‘ldi. Yuzlab ko‘ngillilar juma kuni iftorlik dasturxonini tayyorlashda ishtirok etdilar.
Tadbir tashkilotchilaridan biri, Usoma Barakatning so‘zlariga qaraganda, iftorlik uchun dengiz qirg‘og‘i bo‘ylab terib chiqilgan xontaxtalar shaharning g‘arbidagi al-Mahrusa tumanidan boshlanib, sharqdagi Sidi Jobir mahallasiga qadar bordi.