O‘zbekiston | 19:39 / 30.06.2015
18119
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston chegara qo‘mitasi Qozog‘iston bilan chegarada sodir bo‘lgan voqeani sharhladi

O‘zbekiston davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi vakillari Qozog‘iston chegarasida sodir bo‘lgan voqeani izohlash o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, bir qator Qozog‘iston onlayn nashrlari 28 iyun kuni Sirdaryoda baliq oviga chiqqan Sariog‘och tumani fuqarosi Valixon Ahmedov o‘zbekistonlik chegarachilar tomonidan otib o‘ldirilganligi haqida ma'lumot tarqatgan edi.
O‘zbekiston MXX davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot xizmatining ma'lumot berishicha, 28 iyun kuni O‘zbekiston chegara naryadi 178-zastava hududida davlat chegarasini buzish harakatini to‘xtatib qolgan.
“Ikki qonunbuzarga nisbatan qurol qo‘llandi, natijada ulardan biri yaralandi. Tomonlarning chegarachilari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi chegarasining Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi tomonidan buzilishi fakti ko‘rib chiqildi”, – deyiladi xabarnomada.
Shuningdek, qo‘mita vakillari qozog‘istonlik hamkasblarini chegara hududida istiqomat qiluvchi aholi orasida tushuntirish ishlari olib borishga chaqirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish