14:33 / 30.06.2015
1802

O‘zbekiston TIVda Polsha parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

2015 yilning 30 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizga tashrif buyurgan Polsha Respublikasi Seymining spikeri o‘rinbosari Yeji Venderlix boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi hamkorlikni, avvalo, ikki mamlakat parlamentlari palatalari darajasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Yeji Venderlix shu kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida bo‘lib o‘tgan muzokaralar samarali o‘tganligini ta'kidladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston deputatlari va Yevroparlamentdagi Polsha vakillari o‘rtasidagi hamkorlikning ayrim masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Muloqotda Polsha elchisi Marian Przezdzieski ishtirok etdi.

Top