15:27 / 30.06.2015
9076

O‘zbekistonda ayollar va keksalarning maksimal qamoq muddatlari qisqartirildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ayollar va keksa insonlar uchun belgilangan maksimal qamoq muddatlarini qisqartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar qilmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, 60dan oshgan kishilar hamda ayollarga nisbatan maksimal qamoq jazosi muddati uchdan ikkiga qisqartiriladi. Ilgari bu ko‘rsatkich muddatning to‘rtdan uch qismini tashkil qilar edi.
Bunday o‘zgarishlar “Keksalarni e'zozlash yili” davlat dasturida ko‘zda tutilgan.
Qonun loyihasi tasdiqlash uchun oliy palata – Senat muhokamasiga kiritildi.

Top