18:56 / 30.06.2015
4170

O‘zbekistonda cho‘l o‘simliklarini terish uchun mashina yaratildi

“Agromash” bosh konstruktorlik byurosi hamda qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyasi va elektrifikatsiyasi instituti olimlari tomonidan cho‘l o‘simliklarini terish mashinasi yaratildi.
Oxirgi yillarda foydali cho‘l o‘simliklarining hosildorligi 2-4 ts/ga darajaga tushib ketdi. Shu bois olimlar ularga jiddiyroq e'tibor qarata boshladi.
Cho‘l o‘simliklari hosilini oddiy yig‘im-terim mashinalari yordamida kesib olib bo‘lmaydi. Shuning uchun tadqiqotchilar maxsus texnika yaratdilar. Fan va texnologiyalar taraqqiyotini muvofiqlashtirish qo‘mitasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bu ishlanma cho‘l chorvachiligini rivojlantirishga yordam beradi.

Top