12:26 / 30.06.2015
4589

Pokistonda issiq harorat tufayli halok bo‘lganlar soni 1300 nafardan oshdi

Pokiston janubidagi Sind viloyatida kuzatilayotgan issiq harorat tufayli 29 iyun kuni yana 30dan ortiq kishi halok bo‘ldi va jami qurbonlar soni 1,3 ming nafardan oshdi. Bu haqda Dawn gazetasida yozilgan.

Viloyat hokimiyatining ma'lum qilishicha, shu vaqtgacha jami 1334 kishi halok bo‘lgan, ulardan 1234 nafarining o‘limi Sind viloyati markazi Karachi shahrida qayd etilgan. Yana 10 ming atrofidagi kishi quyosh urishi tufayli kasalxonalarga olib kelingan.

Ma'lumot uchun, 19 iyun kunidan beri Pokistonda o‘ta issiq harorat saqlanib turibdi va selsiy bo‘yicha 40-45 gradusni ko‘rsatmoqda. Jyeykobabad, Parkana va Sukkur hududlarida issiq harorat 48 gradusga ham yetgan.

Top