29 iyun kuni noma'lum shaxs Quddus shahri yaqinidagi Shvut Raxel shaharchasida otishma uyushtirdi. Oqibatda 4 kishi yaralandi. Bu haqda Isroilning “Gaarets” gazetasi xabar berdi.
Yaralanganlar vertolyot yordamida yaqin oradagi shifoxonaga yetkazildi. Ayni paytda bosqinchi qidirilmoqda, voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.