Jahon | 16:40 / 30.06.2015
5870
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi: Tojikistonda daryoga cho‘kib ketgan askarlarning jasadi topilmadi

Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasi askarlari tog‘li hududda mashg‘ulot o‘tkazish vaqtida 3 nafar harbiy suvga tushib ketgani va ular qidirilayotgani xabar qilingandi.
 
RIA Novosti nashrida Rossiya Mudofaa vazirligiga asoslanib, qilingan xabarga ko‘ra, yo‘qolgan askarlar topilmayapti.
 
Suvga tushib ketgan askarlarni qidirish ishlariga 201-harbiy baza askarlari, Tojikiston FVV xodimlari hamda vertolyotlar jalb qilingan.
 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish