Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanjar Tursunov kelasi mavsumni ham “Vorskla”da o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunovning “Vorskla” bilan shuartnomasi 30 iyunda tugaydi. Ammo futbolchi jamoa bilan yana shartnoma tuzishga qaror qilganini ma'lum qildi.
“Klub bilan o‘rtamizdagi shartnomam 30 iyunda tugaydi. Lekin bu havotirli emas. Chunki biz klub bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirishga kelishib oldik. Jamoamiz yangi mavsumda Yevrokubokda ishtirok etadi. Maqsadimiz u yerda ham yaxshi natija ko‘rsatish. U yerga borganimdan keyin shartnomaga imzo chekaman. Uyga qaytayotganimdayoq ular shartnomaga qo‘l qo‘yib ketishimni aytishgandi. Ammo ularga shoshilmaslikni, avval uyga borib kelishimni va so‘ngra bemalol yangi bitim imzolashga vaqtimiz bo‘lishini aytgandim. Murabbiy bilan ham telefon orqali gaplashdim va uning tinchlanishini, albatta yangi mavsumda ham “Vorskla”da to‘p surishimni aytdim”—, deydi Tursunov “Futbol Ekspress” gazetasi muhbiriga bergan intervyusida.
Manba: the-uff.com