Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Usmonov: sanksiyalarga qaramasdan, “Metalloinvest” ruda qazib olishni 3 foizga ko‘paytirdi
Rossiyaga qarshi joriy qilingan iqtisodiy cheklovlarga qaramasdan, “Metalloinvest” ruda qazib olish hajmini 3 foizga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda xoldingning egalaridan biri, milliarder Alisher Usmonov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida ma'lum qildi.
“Metalloinvest” sanoat xoldingimiz ishlab chiqarish sur'atlarini tushirmadi, aksincha, sanksiyalarga qaramay, biz hajmlarni 3 foizga oshirdik”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
Bundan tashqari, davlat rahbarining iltimosiga ko‘ra Usmonov mamlakat iqtisodiyotining kelajagi haqida fikr bildirdi:
“Bugun iqtisodiyotda bo‘layotgan barcha o‘zgarishlar tashqi omillar bilan yanada qiyinlashtirilmoqda. Ular kompaniyalarimizni texnologik rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda, mehnat samaradorligini oshirish jarayonini sekinlashtiradi. Shunga qaramay, ular kollektivlarimizni birlashtirish vazifasini ham bajarmoqda”.